Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch hududda odam DNKsini aniqlovchi laboratoriyalar tashkil etiladi
12:25 / 2022-01-11

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyat hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi yangi, zamonaviy uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Mazkur qarorga ko‘ra, joriy – 2022 yil 1 iyulga qadar Sud ekspertiza markazining Samarqand viloyati bo‘limi xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga javob beradigan binoga ko‘chiriladi va bino maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlanadi.

2022 yil 1 noyabrga qadar Xorazm viloyati hududiy bo‘limida, 2022 yil 1 dekabrga qadar Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limida, 2024 yil 1 sentyabrga qadar Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limlari shay holatga keladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar Sud ekspertizasi markazining Sud-fonografiya hamda Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari xalqaro ilmiy-texnik talablarga to‘liq javob beradigan holatga keltiriladi.

2023 yil 1 martga qadar sud-ekspertizaning Sud-soliq ekspertizasi va Oziq-ovqat mahsulotlarini tovarshunoslik ekspertizasi, tadbirkorlik sub’ektlarining boy berilgan foydasini aniqlashga qaratilgan va boshqa tadqiqot turlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shuningdek, joriy yilning 1 martiga qadar Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar orqali qayd etish tartibi hamda 1 mayiga qadar sud ekspertlarini ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilib, o‘zlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha tushgan pul mablag‘larining bir qismi bilan rag‘batlantirish ham yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA