French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch avlod uchrashuvi
15:59 / 2025-12-25

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida "Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekiston poydevori" shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda har bir insonga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida faxriylar o‘zining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, bosib o‘tgan mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yo‘llari, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA