Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch avlod uchrashuvi
11:18 / 2025-06-01

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi Prezident maktabida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv yoshlar, o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi hamda qimmatli tajribasini birlashtirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Tadbirga “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini va “Nuroniylar jamiyati” faollari hamda “Keksalar maslahati guruhi” a’zolari  tashrif buyurishdi. Ular o‘zlarining boy hayot tajribalari va insoniy g‘oyalari bilan yosh ishtirokchilarga muhim ma’naviy-axloqiy saboqlar berishdi.

Uchrashuv davomida faxriylar, pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro fikr almashib, jamiyat rivojida har bir avlodning roli va mas’uliyati haqida mulohaza yuritishdi.  

– Uch avlod uchrashuvi – bu nafaqat yoshlar uchun, balki barcha avlod vakillari uchun katta ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi tadbirdir, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan mehnat faxriysi Qo‘zivoy Abdullayev. – Bu yerda hayot tajribasi va bilimlar almashinadi, insonlar o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat bilan bog‘lanadi. Yoshlarning kelajagi uchun bunday uchrashuvlar juda muhimdir.Ushbu tadbir yosh avlodga ma’naviy ozuqa berish bilan bir qatorda, uch avlod vakillari o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro tushunish aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, yoshlarni faqat bilim bilan emas, balki hayot tajribasi, insoniylik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

– Uch avlod uchrashuvi bizga katta ilm va tajriba berdi. Ustozlarimizning hayotdan olgan darslari, keksa avlodning aql-hushi yoshlarga yo‘l ko‘rsatadi. Bunday tadbirlar yoshlarni birlashtiradi va kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi,–  dedi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Asilbek Ashurov.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri