Uch avlod uchrashuvi
Navoiy davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muhiddin Kalonov o‘zi ta’lim olgan ilm maskaniga tashrif buyurdi.


M.Kalonov 1994 yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi 82-umumta’lim maktabini tamomlagan.
Uchrashuv doirasida rektor maktab bitiruvchilariga ochiq dars o‘tib berdi.


Ustozlar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, ulardan oqilona foydalanish lozimligi, kasb-hunar tanlash, o‘z kelajaklarini belgilashda ahamiyat beriladigan jihatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘nggida rektor maktab kutubxonasiga 300 dan ziyod har xil turdagi badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlari, kompyuter jamlanmasi va didaktik kartinalar sovg‘a qildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri