Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi
14:37 / 2025-12-11

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yurtimizning ilg‘or matematika fani o‘qituvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, institutning matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi Jenisbay Jumamuratov tomonidan tashkil etilgan tadbirda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida samarali faoliyat yuritayotgan matematika fani o‘qituvchilari, ustozlar, yosh izlanuvchilar va talabalar o‘zaro tajriba almashib, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxtar Ibragimov, Aniq fanlar fakulteti dekani Rzamurat Jiyemuratov, matematika kafedrasi mudiri, professor Barliqbay Prenov, shuningdek, mehmon ustozlar o‘zlarining boy pedagogik xizmatlari, zamonaviy ta’lim metodikalari va matematika fanini o‘qitishdagi samarali metodlar bo‘yicha fikrlarini bildirishdi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga institut rektorati nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

“Siy perde” ansambli a’zolari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri