Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida "Milliy armiya– ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni" shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi Vatan tayanchi boshqarmasi, Xalqaro Ayollar jamoat fondi va Veteran jamg‘armasi vakillari, “Jasorat”maktabi o‘quvchi-yoshlari, “Kuch birlikda” valontyorlik guruhi tarbiyalanuvchilari, Universitet kursant, talabalari hamda muddatli harbiy xizmatchilarining ishtirok etdi.
Unda avvalo davlatimiz istiqboli yo‘lida uzoq va mashaqqatli mehnati bilan qadr topgan Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, mehnat fidoyilari so‘z olib ibratli hayot yo‘llari, hamda mashaqqatli xizmat faoliyati davomida orttirgan boy tajribalari, ulkan hayotiy saboqlari haqida hikoya qildilar. Ayniqsa, erishilgan Mustaqillik ne’mati, uning qadr-qimmati haqidagi tarixiy voqealar tafsiloti yoshlar ongini boyitdi.
Tadbir davomida universitet harbiy orkestri va ansambli tomonidan yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, universitet kecha va bugungi kuni to‘g‘risidagi videorolik taqdim etildi.Tadbirdan so‘ng mehmonlar universitet Vatanparvarlik markazi, O‘quv binosining sinfxonalari, Axborot-resurs markazi, Maxsus mashg‘ulotlar poligoni hamda harbiy xizmatchilar yotoqxonalari bilan yaqindan tanishdilar. Yurtimizda yoshlarga yaratilgan sharoitlarning yuksakligi amaliy isboti bo‘lgan universitet hayoti barchada havas uyg‘otdi. Ayniqsa, tadbirga tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar aynan shu universitetga o‘qishga kirish istagini yashirmadilar.
Yuksak vatanparvarlik ruhiga yo‘g‘rilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri ana shunday unutilmas va mazmunli lahzalarga boy bo‘ldi.
Darhaqiqat, faxriylar e’zozda, yoshlar e’tiborda, an’ana va tarixiy meros yuksak qadrda bo‘lgan elning ertasi qudratli bo‘lishi shubhasizdir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zfn0jbGSJ_E?si=uGp-jkeoDYwWWr4Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA