Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uch avlod uchrashuvi” avlodlarni mangu bog‘lovchi ko‘prik
09:58 / 2025-10-21

Qashqadaryoda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, jamiyatda insoniylik fazilatlari, mehr-oqibat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirokchilarni samimiy tabriklab, bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, yoshlarga e’tibor va keksalarni e’zozlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam ekanini ta’kidladi.

[gallery-25820]

Ta’kidlanishicha, “Uch avlod uchrashuv”lari keksa avlodning hayotiy tajribasi va o‘git-nasihatlari yoshlarga yetkazilishida, ularda mehnatsevarlik, vatanga muhabbat, oilaviy qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlarni singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida mamlakat ravnaqi yo‘lida ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan 66 nafar nuroniylarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Uchrashuv samimiy suhbat va diltortar musiqa sadolari ostida davom etdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari