Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Uch avlod olima ayollar" 1-xalqaro onlayn forumi o‘tkazildi
10:09 / 2022-02-11

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqotlar universitetida 11 fevral – "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Uch avlod olima ayollar" 1-xalqaro onlayn forumi o‘tkazildi

Unda hamkor tashkilotlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar rahbarlari, Korrupsiyaga qarshi kurash, sud huquq masalalari qo‘mitasi, Britaniya kengashi, Ural Federal Esbatini universiteti, Janubiy Afrika universiteti, Sloveniyadagi Sifat Oliy ta’lim instituti, Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Puchong universiteti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, AQSHdagi Til mukammaligi va texnologiyalari Markazi, Ukraina milliy Akademiyasi, Moskva Lingvistika universiteti, Mahalla va oila ilmiy tadqiqot institutidan vakillar ishtirok etishdi. Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida ZOOM dasturi orqali olib borildi.

Forumni universitet prorektori R.Choriyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirga Kasbiy rivojlantirish markazi treneri va katta o‘qituvchi Go‘zal Eshchanova moderatorlik qildi. Xalqaro Forum mavzusiga nazar tashlasangiz, "Uch avlod olima ayollar" deb tanlanganligi bu aynan universitetda faoliyat olib borayotgan olima ayollar faoliyatlariga yo‘naltirilganligini his qilasiz. Bu aynan universitetda o‘z faoliyatlarini olib borayotgan "Ustoz-shogird" an’anasini davom ettirib kelayotgan olima ayollarning uch avlodi uchrashuvidir.

Hayotning pastu baland yo‘llarini bosib o‘tgan nuroniy ustozlar tajribasi, o‘giti yoshlar uchun ibrat maktabidir. Ta’lim tizimidagi ustozlar faoliyatiga tomoshabin bo‘lib emas, kamarbasta bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash yoshlarning burchidir.

Xalqaro Forumda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

Ilm – fan taraqqiyoti, texnika va innovatsiyalar samaradorligini ta’minlashda olima ayollarning ishtiroki.

Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va amalga oshirilayotgan ma’naviy - ma’rifiy islohotlar.

Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning shart-sharoitlari.
Globallashuv sharoitida xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari.

Uch avlod uchrashuvi sifatida "Ustoz-shogird" an’anasini davom ettirish va yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.
Yuqoridagi mavzular yuzasidan ishtirokchi mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqishdi.

Rahimboy Jumaniyozov,
"TIQXMMI" milliy tadqiqotlar universiteti matbuot kotibi