Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ucell’ning 30 yilligi: eng sodiq abonentlarga sovg‘alar
16:00 / 2026-02-17

Toshkent, 2026-yil 16-fevral. 1996-yilda Samarqandda birinchi tayanch stansiyasi ishga tushirilganidan to bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab 10,9 milliondan ortiq abonentga ega bo‘lishgacha kompaniya barqaror rivojlanish va texnologik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, millionlab foydalanuvchilarning ishonchini qozondi. Yubiley yilida Ucell kompaniyasi o‘n yillar davomida brend bilan birga bo‘lib, operator faoliyatining dastlabki yillaridanoq uning mobil aloqa xizmatini tanlagan eng sodiq mijozlariga chuqur minnatdorchilik bildirmoqda.

Eng sodiq mijozlar bilan uchrashuv 

16-fevral kuni Ucell markaziy savdo ofisida kompaniyaning 30 nafar eng sodiq abonentlari — operatorning ilk mijozlari bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir samimiy va bayramona kayfiyatda o‘tdi, unda mehmonlar Ucell bilan bog‘liq shaxsiy hikoyalari va ko‘p yillik hamkorlik xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishonch va sadoqat uchun minnatdorchilik ramzi sifatida kompaniya uchrashuvning har bir ishtirokchisiga iPhone 17 Pro smartfoni hamda bir yil muddatga mo‘ljallangan kompaniyaning premium tarifini sovg‘a qildi. Ushbu sovg‘alar birga o‘tkazilgan yillar uchun minnatdorchilikning timsoli bo‘ldi.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

«Ucell uchun 30 yil — bu eng avvalo ishonch tarixi. O‘n yillar davomida hayotlarining eng muhim daqiqalarida Ucell aloqasini tanlagan millionlab insonlarning ishonchi. Brendimizga sodiq qolgani uchun har bir abonentga chin dildan minnatdormiz. Yubiley yili — bizga boshidan beri hamroh bo‘lganlarga tashakkur aytish, Kompaniyamizning yanada rivojlanish, yangi texnologiyalarni joriy etish va abonentlar bilan birga bo‘lishga bo‘lgan intilishini tasdiqlash imkoniyatidir.»

Butun mamlakat bo‘ylab abonentlarga sovg‘alar

Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab bir yarim mingdan ziyod sodiq Ucell abonentlari his-tuyg‘ularini baham ko‘rish va raqamli imkoniyatlardan cheklovsiz foydalanish uchun bir yil davomida internetdan bepul foydalanish imkoniyatini sovg‘a sifatida qo‘lga kiritadilar.

Ucell marketing bo‘yicha rahbari Andrey Shadrin:

«Abonentlar — kompaniyamizning asosiy boyligidir. Aynan shu sababli, yubiley yilida biz ko‘p yillar davomida Ucell bilan birga bo‘lgan eng sodiq mijozlarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Bu sovg‘alar shunchaki e’tibor belgisi emas, balki ishonch va uzoq yillik hamkorlik yo‘li uchun minnatdorchilik ramzidir. Biz har bir inson uchun aloqani qulay, arzon va sifatli qiladigan mahsulot va xizmatlar yaratishni davom ettiramiz.»

Tarmoq sifatining xalqaro e’tirofi

Ucell o‘zining 30 yillik yubileyida mobil tarmoqlarning tezligi va sifatini tahlil qilish sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan Ookla® kompaniyasidan bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi:

  • Eng tez mobil tarmoq — «O‘zbekistondagi eng tez mobil internet»;
  • Eng yaxshi mobil tarmoq — «O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq».

Ushbu mukofotlar har kuni Ucell aloqasidan foydalanayotgan 10,9 milliondan ortiq abonentning haqiqiy foydalanuvchi tajribasini aks ettiradi.

30 yil — va barchasi endi boshlanmoqda

Ucell’ning 30 yillik tarixi — bu millionlab qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, minglab amalga oshirilgan loyihalar va eng muhimi, shu yillar davomida kompaniyani tanlab kelgan odamlardir. Yubiley yilida abonentlarni yana ko‘plab kutilmagan sovg‘alar kutmoqda, oldinda esa yangi texnologiyalar, yangi standartlar va yangi ufqlar mavjud.

Ucell kompaniyasi haqida

Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlarida aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekistondagi yetakchi mobil aloqa operatorlaridan biri. Kompaniyaga 10,9 milliondan ortiq abonent ishonch bildirgan. Mobil operator mamlakatni raqamli rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini faol amalga oshirmoqda va yuqori sifatli aloqa hamda zamonaviy raqamli xizmatlarni ta’minlash orqali O‘zbekiston kelajagiga izchil sarmoya kiritmoqda.

*Ucell — O‘zbekistondagi Ookla® Eng tez mobil tarmoq va Eng yaxshi mobil tarmoq mukofotlari sohibi. Ookla® kompaniyasining Speedtest mukofotlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi yarmi, O‘zbekiston. Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining 2025-yil ikkinchi yarim yilligi tahlili asosida (2025-yil 3-4-chorakdar). Ookla® savdo belgilaridan huquq egasining litsenziyasi va ruxsati bilan foydalanilgan.