Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ucell va «O‘ztransgaz» AJ telekommunikatsion ta’minot va qator sohalarda hamkorlik qiladi
19:27 / 2023-04-26

«COSCOM» MCHJ (Ucell savdo belgisi) va «O‘ztransgaz» AJ O‘zbekistondagi iste’molchilarga telekommunikatsion ta’minotni yetkazib berish ustida birgalikda ishlaydi. Bu haqida bugun «O‘zekspomarkaz»da o‘tayotgan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida so‘zga chiqqan «O‘ztransgaz» AJ Boshqaruv raisi Ahadjon Isoqjonov ma’lum qildi. Tomonlar o‘rtasida ushbu masalani nazarda tutuvchi maqsadlar to‘g‘risida kelishuv ham imzolandi.

Kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kelgusidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik uchun qulay sharoit yaratish hamda transport tarmoqlari va telekommunikatsiya inftrastrukturasini foydalanishga topshirish va rivojlantirish bilan bog‘liq kapital hamda operatsion xarajatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.  

Tadbirda «COSCOM» MCHJ Bosh direktori Andrey Shishkovskiy ham so‘zga chiqib ikki tomonlama hamkorlik va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi:

– «Biz imkoniyatlarimizni kengaytirishni davom etgan xolda O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga sarmoyalar kiritmokdamiz. Bugun «O‘ztransgaz» AJ bilan kelishuv imzolayapmiz. Bu ikkala tomon uchun ham birgalikda umumiy maqsad yo‘lida muvaffaqiyatli ishlash, biznesni rivojlantirish, tizimli xarajatlarni kamaytirish, ma’lumotlar almashishda xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning har bir fuqarosiga foyda keltirish imkonini beradi».

Qayd etish joiz, aholiga mobil aloqa va internetga keng tarmoqda ulanish xizmatini taqdim etib kelayotgan «COSCOM» MCHJ (Ucell savdo belgisi) O‘zbekiston telekommunikatsiya bozori yetakchilaridan biri hisoblanadi. bugungi kunda kompaniya xizmatlaridan 8,1 mln. abonent foydalanib kelmoqda. O‘tgan yili kompaniya aloqa sifatini yaxshilashga 111,5 mln. dollar mablag‘ ajratdi. O‘zbekistonda 5G standartini tijoriy foydalanish maqsadida joriy etgan ilk aloqa operatoriga aylandi.

O‘z navbatida, tabiiy gazni tashish, saqlash va tranziti sohasida yagona magistral gaz transporti tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan operator – «O‘ztransgaz» AJ bugungi kunda 13 380 km. magistral gaz o‘tkazuvchilari va quvurlari tarmog‘idan foydalanib kelmoqda. Gaz transporti tizimi hozirda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi mamlakatlarning gaz transporti tizimi bilan bog‘langan.

Reklama huquqi asosida

O‘zA