Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ucell Samarqandda 5G aloqa tarmog‘ini ishga tushirdi
09:49 / 2022-10-05

Shanxay hamkorlik tashkilotini yigirma ikkinchi sammiti Samarqanddagi o‘tkazilishi munosabati bilan qadimiy va hamisha navqiron shaharda juda keng ko‘lamdagi qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ko‘plab yangi inshootlar qurildi, shahar infratuzilmasi yangilandi.

Bu jarayonda ayni paytda hayotimizning, zamonaviy dunyoning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan aloqa sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshchiligida yurtimizdagi aloqa kompaniyalari bu ishga munosib hissa qo‘shdi. 

“COSCOM” OAJ tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Samarqandga tashkil etilgan press-tur davomida kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

– Sammit doirasidagi tadbirlarda ishonchli aloqa va tezkor internetni ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatli vazifani yurtimizdagi mobil operatorlar, shu jumladan, “COSCOM” OAJ (Ucell savdo belgisi) ham bajardi, – deydi "Ucell-Samarqand" hududiy bo‘limi direktori Emil Kurtnazarov. – Ushbu jarayonda bizning kompaniyamiz Samarqand hududida 325 ta ob’ektni ishga tushirdi. Xususan, 47 ta 2G (ovozli aloqa) formatidagi, 57 ta 3G formatidagi, 201 ta tezkor internetni ta’minlovchi LTE 4G formatidagi ob’ekt qurildi. 

Sammit ob’ekti sifatida yangidan qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» (Silk Road Samarkand) xalqaro turistik markazida, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroporti va shaharning markaziy qismida ilk bor 5G beshinchi avlod aloqa standartini joriy etish maqsadida 20 ta ob’ektni ishga tushirdik. 

Ob’ektlarni qurish bosqichidayoq, aloqani ta’minlash uchun suv uzatish minorasida tayanch stansiya o‘rnatildi. Dastlabki loyihalarda tayanch stansiyalarni bu yerda quriladigan ulkan mehmonxonalar tepasida qurish rejalashtirilgandi. Ammo, keyinchalik loyihalar takomillashtirilib, majmuaning to‘rt tomonida 36 metr balandlikdagi 4 ta tayanch stansiya qurildi. Magistral tarmoqlar tortildi. Bu stansiyalardan hozirda biz bilan birga yana uchta aloqa kompaniyasi foydalanmoqda. 

Shuningdek, kongress markazi va mehmonxonalarning maxsus oynalarini hisobga olgan holda, bu yerdagi 9 ta ob’ekt (kongress markazi va 8 ta mehmonxona)ni ichkaridan 2G/3G/4G aloqa bilan qaror qilindi. Shuningdek, mehmonxonalarda 5G aloqasi bilan ta’minlangan VIP hududlar tashkil etildi. 

Bundan tashqari, 4G formatidagi 8 ta stansiya modernizatsiya qilindi va 29 ta yangi tayanch stansiya foydalanishga topshirildi. 

«Samarqand» xalqaro aeroporti ichkarisi va tashqarisida ham mobil aloqa va internet sifatini yaxshilash, xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida bitta tashqi tayanch stansiya qurildi va ichkarida butun bir kompleksni barpo etildi. Natijada tashqi tayanch stansiya orqali aeroport hududi va uning atrofidagi avtoturargohlar, kirish yo‘llari 2G/3G/4G aloqa bilan ta’minlandi. Ichki kompleks esa terminalning barcha qavatlari va hatto, yerto‘la hududida 3G/4G/5G aloqani kafolatladi.

Kompaniya bu bilan cheklanib qolgan emas. Bugun Samarqandga mahalliy va xorijlik sayyohlar oqimining sezilarli darajada oshgani hisobga olinib, shaharning tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan tarixiy qismida ham 5G aloqa tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu ayniqsa, xorijlik sayyohlar uchun juda katta qulaylik hisoblanadi.

Ayni paytda Samarqand shahrining Sug‘diyona massividagi "Family Park" ko‘ngilochar savdo markazida ham 5G internet aloqasidan foydalanish mumkin. O‘z navbatida kompaniya tomonidan 5G tarmog‘ida foydalanish imkoniyatiga ega zamonaviy mobil telefonlar muddatli to‘lov evaziga chiroyli raqam, tarif rejasidan 6 oy tekin foydalanish hamda bonusga turli sovg‘alar bilan birga taqdim etmoqda. 

Ayni paytda bunday savdo shoxobchalari kompaniyaning Samarqanddagi ofisi, "Family Park" ko‘ngilochar savdo markazi va uch tumanda ishlab turibdi. Yil yakuniga qadar bunday savdo nuqtalarini boshqa hududlarda ham ochish ko‘zda tutilgan. 
 

 

G‘.HASANOV, O‘zA