Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ucell kompaniyasi yosh dasturchilar uchun 600 million so‘mlik tanlov e’lon qildi
10:34 / 2019-09-27

ICTWEEK Uzbekistan haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan an’anaviy ICTEXPO ko‘rgazmasining ikkinchi kuni qimmatbaho sovrinlarning o‘z egalariga topshirilishi hamda «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) uchun mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha tanlovning e’lon qilinishi bilan yodda qolarli bo‘ldi.


ICTWEEK Uzbekistan haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan an’anaviy ICTEXPO ko‘rgazmasining ikkinchi kuni qimmatbaho sovrinlarning o‘z egalariga topshirilishi hamda «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) uchun mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha tanlovning e’lon qilinishi bilan yodda qolarli bo‘ldi.

ICTEXPO ko‘rgazmasining ikkinchi kunida Ucell tomonidan e’lon qilingan “Baxtli yil” viktorinasining navbatdagi g‘oliblarining taqdirlanishi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ucell uyali aloqa operatori va Smile Mobile kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan viktorinada SMS sifatida yuborilayotgan savollarga javob berish orqali ball to‘plab boriladi.

Aksiyaning dastlabki 90 kunida ishtirokchilar har kuni 3 million so‘mdan va haftasiga 40 million so‘mdan yutib olishgan.

2019 yilning 12 avgustidan boshlab, tanlovning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bunda mukofot jamg‘armasi ko‘paydi va ishtirokchilar har hafta Chevrolet Nexia 3 avtomobilini yutib ola boshladilar. Tanlovning uchinchi bosqichi 2019 yil 9 noyabrdan boshlanadi va uning mukofot jamg‘armasi yana ham ko‘payadi. Aksiya jami 365 kun davom etadi. 2019 yil 13 maydan boshlangan ushbu xizmat 2020 yil 11 mayga qadar davom etadi.

Shu kungacha 133 nafar sovrindor aniqlandi, ularning 13 nafari 40 million so‘mdan, 115 nafari 3 million so‘mdan va 6 nafari Chevrolet Nexia 3 avtomobilini yutib olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Oldinda hali 232 ta sovrin bor.

Aksiyaning umumiy mukofot puli – ikki milliard so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

«O‘zekspomarkaz»da o‘tkazilgan tantanali tadbirda “Baxtli yil” aksiyasining 2019 yil avgust oyi g‘oliblari mukofotlandilar. Sovrindorlarga ikkita Chevrolet Nexia 3 rusumli avtomobil, 40 million so‘mlik ikkita va 3 million so‘mlik 27 ta mukofot topshirildi.

Tadbirda yangi ashulasi bilan ishtirok etgan taniqli o‘zbek xonandasi Lola Yuldasheva avtomobil kalitlarini egalariga topshirdi.

Shuningdek, ICTEXPO ko‘rgazmasining ikkinchi kunida mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha «Ucell Mobile challenge 2019» tanlovining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlov «Xakaton» (inglizcha Hackathon) deb nomlangan bo‘lib, «hack» (xaker) va «marathon» (marafon) so‘zlaridan tashkil topgan.

Xakaton tanlovi tashabbuskori Ucell kompaniyasi, uning tashkilotchisi esa IT Park hisoblanadi.

Tanlov “Yoshlar ittifoqi” Markaziy kengashi va Smile Mobile kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ushbu tanlov o‘z startaplarini amalga oshirishayotgan qobiliyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, AKT sohasidagi iste’dodli yoshlarni aniqlash, startaplarga investitsiyalarni jalb qilish, «COSCOM» MChJ faoliyatiga eng yaxshi startap loyihalarni tatbiq etishga yo‘naltirilgan.

Ishtirokchilar noyob loyiha ishlab chiqish va mobil ilova yaratish uchun quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari lozim:

– «Eng yaxshi savdo ilovasi»: kafe va restoranlar, savdo vakillari va savdo maydonchalari uchun tizim.

– «Mamlakatimiz mehmonlari va aholisi uchun eng foydali ilova»: turizm, taksi.

– «Fintex sohasidagi eng yaxshi ilova»: skoring tizim, kredit platforma, pul mablag‘larini monitoring qilish va hisoblash, mablag‘larni boshqarish platformasi, neobank, smartfon orqali to‘lov amalga oshirish.

Ilova bir yoki bir nechta biznes masalalarni hal etishi, atrofidagi boshqa tizimlar bilan oson integratsiyalanishi va tez joriy etilishi lozim. Tanlov g‘oliblariga birinchi o‘rin uchun 300 mln. so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 200 mln. so‘m va uchinchi o‘rin uchun 100 mln. so‘m topshiriladi.

Shuningdek, sahnada va Ucell stendida viktorinalar ham tashkil etildi. Ularda esdalik sovg‘alari yutib olindi.

ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasi doirasidagi tadbirlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘onadagi filialida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Ucell kompaniyasi maxsus stendi hamda suverin sovg‘alari qo‘yilgan tanlovlari bilan faol ishtirok etdi.