U23 yosh toifasida o‘tadigan Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
Avval xabar berganimizdek, 2026 yilning 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U23 yosh toifasida Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqaga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U23 terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda terma jamoamiz ilk uchrashuvni Livan termasiga qarshi o‘tkazsa, 2-turda Eron, 3-turda Koreya Respublikasi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.



Shuningdek, Osiyo kubogining “A" guruhida Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg‘iziston, "B" guruhida Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya, "D" guruhida esa Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy terma jamoalari raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA