Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U20 Osiyo kubogi: terma jamoamizning taqvimi aniq bo‘ldi
13:57 / 2025-02-01

Joriy yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyda futbol bo‘yicha U20 yosh toifasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Yosh futbolchilarimiz mazkur kubok bahslarining “S” guruhida dastlab 13 fevral kuni soat 14:15 da Yaman, 16 fevralda esa Indoneziya termasiga (16:30) qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yin 19 fevral kuni Eron terma jamoasi (16:30) bilan bo‘lib o‘tadi.  

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo kubogida eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta terma jamoa joriy yilda Chilida bo‘lib o‘tadigan U20 yosh toifasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA