Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
13:47 / 2024-06-13

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida U17 Osiyo chempionatiga saralash bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Futbol bo‘yicha o‘smirlar (U17) o‘rtasida 2025 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi «Ye» guruhidan joy oldi. O‘smirlarimiz Falastin, Iroq va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: U17 Osiyo kubogi 2025 yil 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonining Toif va Jidda shaharlarida o‘tadi. Saralash o‘yinlari 2024 yil 19-27 oktyabrda bo‘ladi. Unga Tailand, Xitoy, Vetnam, Qatar, Laos, Iordaniya, Quvayt, Xitoy Taypeyi, Singapur va Kamboja mezbonlik qiladi.

Saralash bahslarida jamoalar 10 ta guruhga bo‘linadi va guruh g‘oliblari hamda 5 ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin final bosqichiga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA