U17 Jahon chempionatining chorak final juftliklari ma’lum
Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu bosqichda afsuski, O‘zbekiston U17 terma jamoasi Italiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, nimchorak final doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda Shveysariya – Irlandiya 3:1, KXDR – Yaponiya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:5), Avstriya – Angliya 4:0, Marokash – Mali 3:2, Braziliya – Fransiya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:2), Uganda – Burkina Faso 1:1 (penaltilar seriyasi 3:5) va Meksika – Portugaliya 0:5 hisobi qayd etildi.
Natijada chorak final bosqichida quyidagi juftliklari to‘qnashadi:
Avstriya — Yaponiya,
Italiya — Burkina Faso,
Portugaliya — Shveysariya,
Marokash — Braziliya.
Mundialning chorak final bahslari 21 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA