U17 Jahon chempionati: Chiroyli o‘yini bor jamoaning yangi g‘alabalari hali oldinda
Bugun, 18 noyabr kuni Qatarda davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbol jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Islombek Ismoilov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Italiya termasiga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli va kuchli ruhiy bosim ostida o‘tgan o‘yinda Yevropa vakillari 3:2 hisobida hamyurtlarimizdan ustunlikka erishib, 1/4 final bosqichiga yo‘l oldi.
Aytish lozimki, mamlakatimizning iste’dodli futbolchi yoshlari garchi keyingi bosqichga chiqa olmagan bo‘lsa-da, o‘yin uslubidagi o‘ziga xoslik, yigitlarimizdagi jangovor xatti-harakati o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi mavqei har jihatdan o‘sayotganini ko‘rsatdi.
Texnik qaydnoma:
U17 Jahon chempionati |1/8 final
Italiya 3:2 O‘zbekiston
Gollar: Kampaniyello 19', 68', Iddrisa 70' - Murodov 56', Erimbetov 90+4.
T. Ro‘ziyev, O‘zA