Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U13 yosh toifasida Jizzax va Xorazm jamoalari kubok sohibi bo‘ldi
23:43 / 2025-11-17

Suv polosi bo‘yicha Urganchda U13 yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogining o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda Jizzax viloyatining suv sport turlariga ixtisoslashgan maktabi vakillari g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, qizlar bahsida Xorazm jamoasi muvaffaqiyat qozondi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi qizg‘in kechgan musobaqalarda Jizzax viloyatining suv polosi jamoasi musobaqada ishtirok etgan deyarli barcha jamoalarni katta ustunlikda dog‘da qoldirdi. Jizzax viloyati suv sport turlari maktabi vakillariga munosib qarshilik ko‘rsatgan Namangan jamoasi o‘z navbatida 2-o‘rinni egalladi.

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda Xorazm viloyati suv polosi vakillaridan keyingi o‘rinlar Jizzax va Surxondaryo viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA