Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-23: O‘zbekiston GongKong darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi
21:29 / 2023-09-09

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan mazkur saralash bosqichining 2-turida O‘zbekiston Gong Kongni 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

"Jar" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yindagi gollarga Husayn Norchayev (xet-trik), Abbosbek Fayzullayev, Alisher Odilov, Umarali Rahmonaliyev, Man Yip Cheuk (a.g), Ulug‘bek Hoshimovlar (xet-trik) mualliflik qildi.

[gallery-13512]

Guruhdagi Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi bahsda forslar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot o‘rnida O‘zbekiston 12 sentyabr kuni Eronga qarshi guruh g‘olibligi uchun bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv "Jar" stadionida soat 19:00 da start oladi.