Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-23 Osiyo Kubogi: O‘zbekiston - Eron uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma’lum
18:06 / 2026-01-08

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi davom etyapti. Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi kecha ushbu turnirdagi yurishini boshladi va Livanni 3:2 hisobida taslim etdi.

“C” guruhidan o‘rin olgan ikkinchi bellashuvda Eron hamda Janubiy Koreya 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.  

Kvartetning ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib boradi. Forslarga qarshi o‘yinimiz 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.  

Qayd etish lozim, mazkur bahs uchun hakamlar tayinlandi. Uchrashuvni quyidagi hakamlar  brigadasi boshqarib boradi:

Bosh hakam: Abdulloh Jamoli (Kuveyt)  

Yordamchi hakam: Ahmad Al-Ali  

Ikkinchi yordamchi hakam: Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn)  

VAR hakami: Keterin Margaret (Avstraliya)

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi 1-turdan so‘ng “C” guruhida 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 1 ochkoga ega Janubiy Koreya va Eron keyingi o‘rinlardan joy olgan bo‘lsa, ilk turda vakillarimizga mag‘lub bo‘lgan Livan guruhda so‘nggi pog‘onani band etgan.

Karim Xudoyqulov, O‘zA