Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-23 Osiyo chempionati - 2020 saralash bahslariga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi
12:54 / 2018-09-17

23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida 2020-yil yanvar oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi.


23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida 2020-yil yanvar oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, 2018-yilda boʻlib oʻtgan soʻnggi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi chempionlikka erishgan edi.

Tailandda boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash bosqichi 2019-yilda oʻtkaziladi. OFK qaroriga koʻra, qurʼa tashlashdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oladigan jamoalar saralash bahslarini 18-26-mart kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazishadi.

2020-yilning 8-26-yanvar kunlari Tailandda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati U-23da oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan jamoalar Tokio-2020 yozgi olimpiada oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladilar.