English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-20 Jahon chempionatiga katta hozirlik ko‘riladi
11:54 / 2025-12-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2027 yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unda 2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Vazifalar quyidagilardan iborat: 

a) Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada o‘tkazish; 

b) Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi talablariga muvofiq zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratish; 

v) Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislariga yuqori darajadagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish; 

g) Jahon chempionatini o‘tkazish orqali mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. 

Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisi ochiladi. 

Yangi Toshkent shahri hududida qurilayotgan “Yangi Toshkent markaziy futbol o‘yingohi" FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha talablariga moslashtiriladi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sport vazirligi bilan birgalikda: 

Jahon chempionatining rasmiy futbol to‘pi, logotipi, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etadi; 

Jahon chempionti bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab marshrut ishlab chiqiladi va uning amalga oshirilishi tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq – 2025 yil 2 oktyabr kuni FIFA Kengashi tomonidan futbol bo‘yicha Jahon chempionatini O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

O‘zA