Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-20 jahon chempionati. 1/8dagi raqibimiz Isroil jamoasi
09:54 / 2023-05-28

Argentinada davom etayotgan U-20 jahon chempionatining bugun tunda o‘tkazilgan "C" guruhidagi uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, 1/8 final bahsida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qaysi jamoa bilan ro‘baro‘ kelishi aniqlandi.

“S” guruhidagi jamoalar ishtirokidagi 3-tur bahslarida Kolumbiya – Senegal 1:1 hisobida durangga kelishdi. Yaponiya – Isroil o‘yinida 1:2 hisobida isroillik yosh futbolchilar zafar quchdi.  

Ushbu natijalardan keyin  Kolumbiya 7 ochko bilan guruhda yetakchiga aylangan bo‘lsa, so‘nggi turdagi g‘alabasi evaziga isroilliklar 4 ochko bilan nimchorak final yo‘llanmasi hamda jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston bilan kuch sinashish imkoniyatiga ega chiqdi.  

Jahon chempionati o‘yinlari taqvimiga binoan O‘zbekiston – Isroil jamoalarining 1/8 finaldagi uchrashuvi 31 may kuni tungi soat 02:00 da boshlanadi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi kecha Gvatemalani 2:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamizning iste’dodli hujumchisi Shahzodbek Ne’matjonov ushbu bahsda dublga erishdi.  

Bugun, 28 may kechki payt va 29 may tunda “Ye” guruhida Iroq –Angliya, Tunis –Urugvay jamoalari, “F” guruhida Gonduras – Fransiya, Janubiy Koreya – Gambiya jamoalari 3-tur o‘yinlarini o‘tkazish uchun maydonga tushadi. Aynan bugungi uchrashuvlar 1/8 finalning barcha ishtirokchilarini aniqlash imkonini taqdim etadi.  

Tobora final cho‘qqisi sari yaqinlashayotgan jahon chempionatining ortda qolgan o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, bugungacha “A” guruhidan Argentina, O‘zbekiston, B” guruhidan AQSH, Ekvador, “S” guruhidan Kolumbiya, Isroil, “D” guruhidan Braziliya, Italiya, “Ye” guruhidan Angliya, “F” guruhidan Gambiya jamoalari keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etib bo‘ldi.  

T.RO‘ZIEV, O‘zA