Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U-14: Mazmunli o‘yinlar, chiroyli gollar, esda qolarli voqealar...
15:13 / 2021-10-07

14 yoshlilar musobaqasining ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Maydon va iqlimga tobora moslashib borayotgan yosh futbolchilarning bu galgi xatti-harakatlari avvalgisidanda tezkor, shiddatkor, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlari bilan kuchliroq bo‘lganligi sezilib turdi.

O‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvdan («Aral Samali» jamoasi turnirga yetib kelmagan) birortasida ham durang qayd etilmadi. O‘yinlarning teng yarmidan ko‘prog‘ida yirik natijalar kuzatildi.

Andijonliklarning «So‘g‘diyona» ustidan erishgan 9:0 hisobidagi g‘alaba hozircha musobaqaning eng yirik natijasi bo‘lib turibdi.

Ikkinchi turdan keyin «Nasaf», «Paxtakor», «Xorazm» va «Navbahor» jamoalari o‘z guruhlarida yuz foizli natija bilan peshqadamlik qilyapti. Navbatdagi bosqichga kimning chiqish-chiqmaslik masalasi faqat uchinchi turda hal bo‘ladi.

Turnir davomida esda qoladigan voqealardan biri «Lokomotiv» – «Odil Junior» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi Quvonchbek Abrayevga («Lokomotiv») maxsus sovrinni futbolimiz yulduzi Odil Ahmedovning o‘zi topshirdi.

«Bunyodkor» – «Xorazm» jamoalari o‘yinida «yosh qaldirg‘ochlar» darvozasiga to‘p kiritgan «Xorazm» hujumchisi Asad Rajabboyev ushbu golini onasining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlaganligini o‘ziga xos qiliqlari bilan namoyish etdi...

Musobaqaning uchinchi turi ertaga davom etadi.

 

Oybek Yunusov, O‘zA