Tyumenda it baliq ovlovchini otib qo‘ydi
Tyumen viloyati Tobolsk tumanida it baliq ovlovchini otib qo‘ydi, deb yozmoqda mahalliy OAV. Ma’lum bo‘lishicha, ikki sherik Katta Shishkar ko‘liga baliq ovlagani borgan. Baliq ovlovchilarning biri o‘qlangan qo‘shotar miltiqni chanada qoldirgan. It miltiq tepkisini bexosdan bosib olgan va o‘q ovchilardan birining yelkasiga tekkan.
Ovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. It egasiga “ehtiyotsizlik qilib odam o‘ldirganlik” bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani aytilmoqda, deb yozmoqda “Kabar” agentligi.