Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuzalish yo‘liga o‘tganlarga ishonch bildirildi
11:21 / 2026-02-06

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kegeyli tumani sudi raisi R.Bekmuratova tomonidan sayyor ochiq sud majlisi o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasi asosida tashkil etilgan sud majlisida jinoyat sodir etganligi uchun belgilangan tartibda jazo o‘tayotgan, o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish hamda ijtimoiy hayotga qayta moslashish yo‘liga qat’iy kirgan M. Q. va D. T., shuningdek, ular bilan birga jami 5 nafar shaxsning ish materiallari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida probatsiya xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, sudlangan shaxslarning xulq-atvori, jamoat hayotidagi faolligi hamda qonun talablariga rioya qilib kelayotgani inobatga olindi.

Muhokamalar yakunlariga ko‘ra, sud tomonidan mazkur shaxslarning tuzalish yo‘liga o‘tgani, qayta jinoyat sodir etmasligiga asosli ishonch mavjudligi e’tiborga olinib, ularni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish haqida qaror qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri