Tuyachilik - serdaromad soha
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Mamiy” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi To‘raxon Moldag‘aliyev ko‘p yillardan buyon tuya boqish bilan shug‘ullanadi. U nafaqat tumanda, balki Orolbo‘yida yaxshi chorvador sifatida tanilgan.
[gallery-24426]
Hozirgi kunda parvarishdagi 10 bosh tuyaning 6 boshidan sut olinmoqda.
Ta’kidlash kerak, tuya suti foydali va shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, tuya yungidan ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Ushbu faoliyat oilalar uchun asosiy daromad manbai bo‘lishi bilan birga, qishloq joylarida ishsiz xotin-qizlarning kasanachilik bilan shug‘ullanishi uchun katta imkoniyatdir.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA