Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuyabo‘g‘iz suv omborida noqonuniy baliq ovlayotganlar ushlandi(+videoreyd)
20:48 / 2023-10-19

Ma’lumki, Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda brokonerlikka karshi kurash bo‘yicha monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinadi.

Yaqinda Tuyabo‘g‘iz suv omborida o‘tkazilgan ushbu tadbirlarning birida qonunga zid ravishda baliq ovlayotgan fuqarolarning yashirin oviga chek qo‘yilgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi inspektorlari hamda “Golden Fish Group” MCHJ qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida brokonerlikka karshi kurash bo‘yicha navbatdagi monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada suv omborida bir nafar fuqaro tonggi soat 04:20 larda noqonuniy ravishda baliq ovlayotgani ustida ushlangan. Uning yonidan baliq ovlash uchun mo‘ljallangan leskali to‘rlar olib qo‘yilgan, ovlagan  2 dona baliqlari esa nobud bo‘lgan.  

Noqonuniy ravishda ov qilgan ushbu huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Bundan tashqari, nazorat reydi davomida suv omboriga noma’lum shaxslar tomonidan 1000 metrlik katta leskali to‘rlar qo‘yib ketilgani, uning ichida 67 ta oqsila (sudak), 2 ta sazan (zog‘ora), 34 ta karas (tovonbaliq) baliqlari tushgani aniqlangan. Davlat inspektorlar tomonidan mazkur baliqlar suvga qo‘yib yuborilib,  leskali to‘rlar  yig‘ib olingan.  

Shu bilan birgalikda, Davlat ispektorlari tomonidan noqonuniy usullar va taqiqlangan qurollar bilan ov qilmaslik yuzasidan suv ombori atrofidagi havaskor baliqchilar va baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga tushuntirish berilgan.  

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/XmXRSGtv_3s" title="Tuyabo‘g‘iz suv omborida noqonuniy baliq ovlayotganlar ushlandi(" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M. Eshmirzayeva.

O‘zA