Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuxum iste’moli yurak xastaligidan himoya qilishi mumkin
11:54 / 2023-02-05

Yangi olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, taomingiz tarkibida ma’lum miqdorda tuxum bo‘lishi yurak-qon tomirlari xastaliklarining oldini olar ekan.

Yurak-qon tomirlari xastaliklariga yurak yoki qon tomirlariga zarar keltiruvchi har qanday holat, jumladan, ishemik, infark va insult kabi xastaliklar kiradi. Mazkur xastalikni tanada xolesterin miqdori o‘ta yuqoriligi tasdiqlaydi. Bu degani, yurakning sog‘lomligi uchun xolesterinni nazorat qilish, uning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Bu borada tuxum iste’moli foydali hisoblanadi, deyiladi Nutrients jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqorlada.

Xabarda olimlar Gretsiyada o‘n yillik davr ichida 3 ming 42 nafar ayol va erkakdagi ma’lumotlarni tahlil qilgani aytiladi. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, haftasida bittadan uchtagacha tuxum iste’mol qilish yurakning kasalliklarga chalinishini kamaytira oladi.

«Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shuncha tuxum iste’mol qilganlarning yurak-qon tomirlari xastaligiga chalinish ehtimoli 60 foizga past  bo‘lgan», - deyiladi maqolada.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, sog‘lom ovqatlanishda shubhasiz, eng foydali tuxum hisoblanadi.

Yog‘li ovqatlarni iste’mol qilmaydigan va tana og‘irligida muammosi bo‘lmagan  odamlar hohlasa haftasida yetti dona tuxum yesa ham bo‘ladi, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.