Koronavirus pandemiyasi asta-sekin chekinmoqda.
Dunyo erkin nafas ola boshladi.
Kasallikning tarqalish darajasi va jahon mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi (COVID – 19) bilan kasallanayotgan fuqarolar soni pasayib, umumiy holat barqarorlashgani aksariyat mamlakatlarda mamlakatga kirish va unda bo‘lish vaqtida ta’minlanishi lozim bo‘lgan talablarni yengillashtirishga imkon bermoqda. PSR testlarni topshirish talabi bekor qilinmoqda.
Sayyohlik salohiyati rivojlangan davlatlar, ayniqsa, bunga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Yevropaning bir qator ldavlatlari, Arab ko‘rfazi, Turkiya va boshqa mamlakatlarda mamlakatga kirishda manfiy natijali PSR-test javobi hamda emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat taqdim qilish talabi bekor qilindi. Bu, pandemiya tufayli nochor holatga tushib qolgan sayyohlik tizimini qayta oyoqqa turishiga imkon beradi.
O‘zA