O‘zbek xalqining kelib chiqishi, shakllanishi juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Bu borada tarixchi, arxeolog, etnograf va boshqa soha olimlari ko‘plab izlanishlar olib borgan. Hali-hanuz xilma-xil fikrlar bildiriladi. Masalan, xalqimizning to‘liq shakllanishi antik davrda yuz bergan, deb aytiladi. Antik davr miloddan avvalgi IV — milodiy IV asrlarga to‘g‘ri kelib, hozirgi O‘zbekiston hududida o‘sha davrga oid yuzga yaqin manzilgoh topilgan. Amudaryo sohilidagi Baqtriya, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiyona va Qadimgi Xorazmda ajdodlarimiz — sug‘dlar, xorazmiylar, baqtriylar, saklar yashagan. Sirdaryo havzasida esa qadimdan turkiyzabon aholi istiqomat qilgan. Bu miloddan avvalgi uch mingyilliklarga to‘g‘ri keladi.
"Tarixiy haqiqatlari" loyihasining bu galgi sonida Turonda mudofaa inshootlarining vujudga kelish omillari haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pW86Pjrnru0" title="Turonda mudofaa inshootlarining vujudga kelishi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA