“Turon” maktab teatri tanlovining jarqo‘rg‘onlik g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
O‘quvchi yoshlarning madaniy saviyasini hamda teatr borasidagi bilimini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri tanlovining tuman, shahar bosqichlari davom etmoqda.
Tanlovda o‘quvchilar belgilangan shartlar asosida sahna ko‘rinishlarini hamda adabiyot, tarix, ma’naviyat borasidagi bilimlarini namoyish etayotir.
Jarqo‘rg‘on tumanida ham mazkur tanlov qizg‘in bahslar bilan kechdi. Tumandagi 10-umumta’lim maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-22111]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA