Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turon maktab teatri” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
07:54 / 2025-03-20

Jizzax davlat musiqali drama teatrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining 7 – 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarish, ta’lim muassasalaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda maktab bosqichlarida salkam 5300 nafar o‘quvchi orasidan g‘olib chiqqan 13 jamoaning 104 nafar “yosh aktyorlari” o‘zaro bahslashdi.  

Buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning davomli olqishlariga sazovor bo‘ldi.  

Murosasiz va shiddatli kechgan bahs yakuniy natijalariga ko‘ra, G‘allaorol tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Turon malikalari” jamoasi 1- o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.  

Tanlovda 2- o‘rin Paxtakor tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining “Nihol”, 3-o‘rin Yangiobod tumanidagi 8-maktabning “Turon yulduzlari” jamoalariga nasib etdi.

[gallery-22355]

Endi “Turon malikalari” jamoasi “Turon maktab teatri” respublika ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichida Jizzax viloyati sharafini himoya qiladi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari