Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turon kichkintoylari” – bolalar teatri va estetik tarbiyada yangi bosqich
15:30 / 2025-07-09

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.   

Mazkur seminar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda “Turon kichkintoylari” bolalar teatr jamoalarini tuzish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu tashabbus maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash, ularda teatr san’atiga qiziqish uyg‘otish va ijtimoiy-psixologik rivojini ta’minlashga qaratilgan.  

[gallery-24230]

Seminar davomida ishtirokchilarga bolalar ishtirokida turli teatr janrlarida – qo‘g‘irchoq, soya, barmoq, pantomima kabi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Kichkintoylar ijrosida sahnalashtirilgan ushbu chiqishlar orqali ularning obrazga kirish, jamoaviy ishlash, mimika, sahna harakatlari va nutq vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari baholandi.    

Mazkur loyiha doirasida 2025 yil sentyabr oyidan boshlab respublikamizning barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Turon kichkintoylari” teatr jamoalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Shuningdek, har yili bolalar teatr festivallari tashkil etiladi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga teatr elementlari integratsiya qilinadi, tarbiyaviy mashg‘ulotlar sahnalashtirilgan shaklda olib boriladi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA