Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal!
10:09 / 2022-09-22

Adliya vazirligi tomonidan “Jadid tafakkuri” nomli stipendiya uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlovning shiori – “Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal!”

Stipendiyani joriy qilishdan maqsad adliya tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilarda jadidchilik namoyandalarining davlat huquqi, adolatli jamiyat, inson huquqlari, milliy davlatchilikka oid g‘oyalarini o‘rganishga qiziqish uyg‘otishdir.  

Shu bilan birga, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish hamda ular orasida insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, bo‘lajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.  

Stipendiyaga talabgorlar har yili oktyabr oyining birinchi haftasi (2022 yil istisno tariqasida 8 dekabr arafasi)da tanlovga hujjat topshiradi.  

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, nomzodning bilimi (jadidlarning faoliyati, huquqiy qarashlariga oid test hamda esselar); dunyoqarashi (zamonaviy fikrlashi, keng dunyoqarashi va takliflari) sinovdan o‘tkaziladi. 
 

O‘zA