Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turli ismlar bilan aholini chuv tushirayotgan firibgar qo‘lga tushdi
12:25 / 2020-01-31

Ayni paytda tegishli organlar fuqarolardan ushbu firibgardan jabr ko‘rganlarni aloqaga chiqishni so‘ramoqda.


Nukusda o‘qishga, ishga kiritaman, Nukus shahri, Nukus tumani hududlaridan yer uchastkasi olib beraman, deb o‘zini “Mahmud”, “Qadirg‘ali”, “Tolik” ismlari bilan odamlarga tanishtirib, aldab kelayotgan firibgar qo‘lga tushdi. Ayni paytda tegishli organlar fuqarolardan ushbu firibgardan jabr ko‘rganlarni aloqaga chiqishni so‘ramoqda.

Muqaddam bir necha marta firibgarlik jinoyati bilan sudlangan A.Ye. fuqarolarga o‘zini turli idoralarda ishlaydigan mansabdor shaxs sifatida tanishtirgan. Odamlar aldab, turli miqdordagi pullarni qo‘lga kiritgan.

Ayni paytda Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 1969 yil 27 fevralda tug‘ilgan A.Ye.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 28-211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi firibgardan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, Nukus shahar IIO FMBga murojaat qilishi mumkinligini xabar qilmoqda.