French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TURKSOYga a’zo mamlakatlar davlat teatrlari rahbarlarining IX kengashi bo‘lib o‘tdi
16:06 / 2023-11-09

TYURKSOY xalqaro tashkiloti 2023 yil “Turkiy olamning madaniy poytaxti” deb e’lon qilingan Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahrida uchrashuv o‘tkazdi.

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Moldova, Shimoliy Kipr va Turkiya davlat teatrlari rahbarlari ishtirok etdi.  

Unda TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat teatrlarining o‘tgan teatr mavsumidagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi, amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, sahna ishi uchun san’at almashinuvi, shuningdek, 2024 yil uchun yangi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.  

Uchrashuv yakunida TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat teatrlari rahbarlarining X kengashi, xususan uni o‘tkazish joyi bo‘yicha takliflar bildirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston  Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.  

 

N. Usmonova, O‘zA