Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TURKSOY Yozarlar birligining birinchi yig‘ilishi «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladi
11:40 / 2023-03-29

Prezidentimizning 2022 yil 29 iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida shu yilning mart oyida Navoiy shahrida turkiy xalqlar adiblari ishtirokida «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivalini o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 29-30 mart kunlari Navoiy shahrida «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivali hamda uning doirasida TURKSOY Yozarlar birligining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, festival Madaniyat va turizm vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.  

Ma’lumki, yaqinda Anqara shahrida turkiy tilli davlatlar ijodiy tashkilotlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda TURKSOY Yozarlar birligi ta’sis etildi. E’tiborli jihati, TURKSOY Yozarlar birligining ilk yig‘ilishini O‘zbekistonda, Navoiy shahrida o‘tkaziladigan «Mumtoz she’riyat» festivali doirasida tashkil etish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.  

Ushbu nufuzli festivalning ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan shaharda o‘tayotgani alohida ramziy ma’noga ega. Xalqaro she’riyat festivali turkiy xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar mumtoz she’riyatini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, adabiyot sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.  

 

O‘zA