TURKSOY bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Renessans” kino uyida Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev TURKSOY xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayevni qabul qildi.
Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda kinematografiyaning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida TURKSOYga a’zo mamlakatlarning animatsiya forumini o‘tkazish masalasi muhokama qilinib, bir qator fikr va takliflar bildirildi.
N.Usmonova,
O‘zA