TurkPA yig‘ilishi mavzusi e’lon qilindi
11-12-iyun kunlari Ostona shahrida Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA)14-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. “Turktime: Parlament diplomatiyasining o‘rni” mavzusida kechadigan tadbir haqida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lumot berdi.
TASS xabar berishicha, anjumanda a’zo davlatlar parlamentlari spikerlari va vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuvda birgalikdagi ishlar samaradorligini oshirish orqali strategik sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan parlamentlar va davlatlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga doir muhim masalalar muhokama qilinadi.