English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TurkPA rahbari MSKda
18:03 / 2024-10-25

Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi (TurkPA) bosh kotibi Mehmet Sureyya Er boshchiligidagi missiya Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev dastlab Saylov kodeksiga kiritilgan yangi normalarga muvofiq, mamlakatimiz siyosiy xayotida yuz berayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Xususan, quyi palata deputatlari saylovi aralash, ya’ni mojaritar va proporsional tizim asosida o‘tishi, milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimining afzalligi va imkoniyatlari, saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirish konsepsiyasi asosida barcha darajadagi ishtirokchilar bilimi va ko‘nikmasi oshirilgani ta’kidlandi.

[gallery-19987]

Suhbat chog‘ida kuzatuvchilar missiyasi va TurkPA vakillari bu galgi muhim siyosiy tadbirga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilgani, jarayon xalqaro me’yor va standartga to‘la mos kelishi, fuqarolar emin-erkin ovoz berishini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini e’tirof etdi.

Darvoqe, 2008 yil 21 noyabr kuni Istanbulda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilot – TurkPA Bosh kotibiyati Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan. Vengriya va Shimoliy Kipr tuzilmada kuzatuvchi hisoblanadi. 2010 yildan buyon TurkPA a’zo davlatlarda prezidentlik va parlament saylovlari hamda referendumlarni kuzatib boradi. Missiya tarkibidan hamkor davlatlar parlamenti a’zolari, shuningdek tuzilma kotibiyati vakillari o‘rin olgan. So‘nggi yillarda kuzatuvchilar guruhi MSK yuqori mansabdor shaxslari va hukumat vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Musulmon Ziyo, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA