French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonning saylangan prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi
12:35 / 2022-03-20

Turkmanistonning yangi saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedov amaldagi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Bugun e’lon qilingan ushbu xabarni “RIA Novosti” mamlakatda rus tilida nashr qilinadigan, hukumatga qarashli "Betaraf Turkmaniston" gazetasiga tayanib tarqatdi.
Turkmanlarning yangi yetakchisi bunday qarorga shanba kuni, inauguratsiya marosimi tugashi bilanoq, Faxriy qorovul va qo‘shinlar tarkibidagi har xil bo‘linmalar jangchilari ishtirokidagi harbiy paradni qabul qilgandan so‘ng kelgan. 
Gazetada yozilishicha, "Prezident Serdar Berdimuhamedov paradni kutib olgach, davlatning oliy lavozimidagi vazifasini ado etishga kirishish uchun "Og‘uzxon" saroy-majmuasiga yo‘l olgan".
"Turkmaniston konstitutsiyasiga muvofiq, davlat rahbari Hukumat a’zolarining barchasi o‘z vakolatini topshirishi, Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibi shakkllantirilgunga qadar o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishda davom etishini anglatuvchi qarorga imzo chekdi", - deya ta’kidlangan axborotda.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 12 mart kuni to‘qqiz da’vogar ishtirokida davlat rahbarligi lavozimi uchun kurash bilan kechgan navbatdan tashqari prezident saylovida 40 yoshli Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov g‘alaba qozondi. Saylovchilarning 72,97 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yangi prezident o‘z otasi, mamlakatning ikkinchi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘rnini egalladi. Boshqa nomzodlar birgalikda 27,03 foiz ovoz to‘pladi.