Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistondagi parlament saylovlari natajalari e’lon qilindi
09:12 / 2023-03-30

Turkmaniston Saylov va referendumlar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi Majlis (parlament) deputatlari saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, davlatning “Vatan” telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar umumiy sonining 91,12 foizi ovoz berishda qatnashgan. Saylov natijalariga ko‘ra, 258 nafar nomzoddan 125 nafari parlament deputati bo‘ldi.

26 mart kuni Turkmanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Bu saylovlar aslida bir palatali parlamentga qaytish bo‘lib, u yanvar oyida Xalq maslahati raisi, turkman xalqi yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi.

Shuningdek, shu kuni respublika fuqarolari viloyatlar, tumanlar, shaharlar va mahalliy organlar xalq maslahatchilarini saylaganlar.

 

O‘zA