Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonda qora niqobdan foydalanish taqiqlandi
19:45 / 2022-01-28

Turkmaniston hukumati qora rangdagi tibbiy niqoblarni kiyishni butunlay taqiqladi. “Turkmen.news” xabariga ko‘ra, qoidani buzgan fuqaro jarimaga tortiladi yoki politsiyaga olib ketiladi.

Ushbu tartib maktab o‘quvchilariga ham taalluqli. Aniqlanishicha, qora niqob kiygan o‘quvchi suratga olinadi va uning ota-onasiga jarima belgilanadi.

Avvalroq oq rangdagi niqobdan foydalanish tartibi avtomobil haydovchilariga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, endi piyodalar ham bu nizomga amal qilishga majbur.

Manbaning yozishicha, hukumat qarorini buzgan fuqaro jarimani shu yerning o‘zida to‘lashi kerak bo‘ladi, aks holda u eng yaqin politsiya bo‘limiga olib ketiladi.