Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
13:55 / 2026-02-16

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmatini boshqarib kelgan general-mayor Dovletgeldi Meredov tayinlandi.

Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan.

O‘lka hukumat portalida ta’kidlanishicha, D.Meredov mamlakat bayrog‘iga hurmat bajo keltirib, o‘z xalqi, vatani va prezidentiga sodiqlik qasamyodini tantanali ravishda qabul qilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash, harbiy idoralarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov tayinlangani haqida ma’lumot bergan edik.

O‘.Alimov, O‘zA