Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonda bugun parlament sayloviga nomzodlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi
12:01 / 2023-02-28

Seshanba kuni Turkmaniston Mejlisi (parlament) sayloviga nomzod ko‘rsatish jarayoni yakunlanadi, deyiladi Turkmaniston Respublikasi saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy Komissiya tarqatgan materialda.

Nomzod ko‘rsatish jarayonida Turkmaniston Respublikasi demokratik partiyasi, Turkmaniston sanoatchilari va tadbirkorlari partiyasi, Turkmaniston Agrar partiyasi, shuningdek, tegishli saylov okrugi hududida yashovchi fuqarolar guruhi ishtirok etdi.

Yuqorida nomi zikr etilgan partiyalardan 3 mingga yaqin kishiga ovoz berish jarayonini kuzatib borish uchun guvohnoma berildi. Bundan tashqari, MDH Ijro qo‘mitasi va Turkiy davlatlar tashkiloti vakillari ham saylov jarayonini kuzatib borish uchun o‘z vakillarini jo‘natishini e’lon qilgan. Siyosiy tadbirga BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi vakillari hamda xorijiy jurnalistlarning ham kelishi kutilmoqda.

Saylovlar 26 martga belgilangan. Avvalroq parlamentning yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhammedov vakillar palatasini bekor qilishni, qonunchilik organini bir palatali parlamentga o‘zgartirishni taklif qilgan edi.