Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston vaziri: Qo‘shma loyihalar xalqlarimizni yaqinlashtirmoqda
17:42 / 2025-11-14

Turkmaniston madaniyat vaziri Otageldi Shomurodov bugungi globallashuv sharoitida madaniyat nafaqat xalqning ruhiy merosi, balki davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi eng kuchli vosita ekani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalar jadal rivojlanishi aynan shu tamoyillarga tayanishini ta’kidladi. Shuningdek, davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona muloqot, oliy darajali uchrashuvlar va strategik qarashlar madaniy hamkorlikning mustahkam poydevorini yaratganiga urg‘u berdi. Ayni siyosiy ishonch madaniyat sohasidagi qo‘shma tashabbuslar kengayishiga kuchli turtki bermoqda.

– Bugungi kunda ijodiy almashinuv dasturlari, konsert, spektakl, ko‘rgazma, adabiy uchrashuv va madaniyat kunlari ikki xalqni yaqinlashtiruvchi eng samarali platformalarga aylangan, – deydi rasmiy. – Ayni tadbirlar nafaqat rasmiy doira, balki keng jamoatchilik tomonidan ham iliq kutib olinyapti. O‘zbekiston va Turkmanistonda tashkil qilinayotgan madaniyat kunlari yosh avlodda milliy san’atga hurmat tuyg‘usini shakllantirib, ijodkorlar o‘rtasidagi ustoz-shogird an’anasini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Xalqaro forumlar esa mintaqa madaniy diplomatiyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa qo‘shma loyihalar keng jamoatchilik uchun o‘ziga xos voqeaga aylanib, do‘stligimiz mustahkamligidan dalolat bermoqda. Madaniyat nafaqat o‘tmishni asrash, balki kelajakni barpo etish ham. Demak, madaniy yaqinligimiz bugun mustahkam, ertaga yanada keng ko‘lamli bo‘lishiga ishonamiz. Bizning vazifamiz – shu jipslikni izchil davom ettirish.

Musulmon Ziyo, O‘zA