Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston va Eron hamkorligi kengayadi
09:35 / 2023-09-27

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Turkmaniston bilan turli sohalardagi hamkorlik mustahkamlanib borishiga umid bildirdi. Bu haqda u Turkmaniston mustaqilligi kuni munosabati bilan hamkasbi Serdar Berdimuhamedovga yo‘llagan murojaatida aytgan.

“Birgalikdagi sa’y-harakatimiz natijasida o‘zaro manfaatli, mintaqa va xalqaro maydonda tinchlik, xavfsizlik yo‘lidagi munosabatimiz kengayib borishiga ishonaman. Allohdan Sizga mustahkam salomatlik va muvaffaqiyat, Turkmanistonning olijanob xalqiga baxt va farovonlik berishini so‘rab qolaman”, deb yozgan Eron yetakchisi.

Turkmaniston bugun, 27 sentyabrda mustaqilligining 32 yilligini nishonlamoqda.