French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston va BAA energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
10:49 / 2022-07-14

Turkmaniston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi siyosat idorasi rahbari Rashid Meredov Birlashgan Arab Amirligi (BAA) energetika va infratuzilmalar vaziri Suxayl al-Mazrui bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish va energetika xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi, deb ma’lum qildi Turkmaniston tashqi siyosat muasasasi.

Xabarda BAA energetika vaziri amaliy tashrif bilan Ashxobodga kelgani aytilmoqda.  

"Meredov va  Suxayl al Mazrui energetika, sanoat, yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlashdi. Shuningdek, suhbat chog‘ida Turkmaniston bilan BAA o‘rtasida yashil energetikadan samarali foydalanish va energetika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbolli ekani ta’kidlandi", - deyiladi xabarda. 

Vazirlar “yashil iqtisodiyot” dolzarb ekanini qayd etar ekan, ushbu sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish  masalasida ham fikr almashgan. 

Turkmaniston tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda  dunyoning birinchi to‘rtligiga kiradi.