Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston rahbari Xitoyga boradi
17:17 / 2023-01-04

5-6 yanvar kunlari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi, deb xabar qiladi “Turkmenportal”.

Turkmaniston rahbarining ushbu tashrifi Xitoy rahbari  Si Szinpin  taklifiga binoan bo‘lib o‘tadi.  Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikka oid hujjatlar to‘plamini imzolashi kutilmoqda.  Mazkur tashrif Serdar Berdimuhamedovning o‘tgan yilning mart oyida Turkmaniston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin Xitoyga ilk tashrifi bo‘ladi.  O‘tgan yilning sentyabr oyida u Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan edi.    

G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA